O`zbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan Fazliddin Karimovich Umarov Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
DSQ matbuot xizmati xabariga ko`ra, F.Umarov 2001 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. 2005-2006 yili Soliq akademiyasida davlat soliqlari va yig`imlari mutaxassisligi bo`yicha tahsil olib, magistr darajasini olgan.
U davlat soliq xizmati organlarida 16 yillik mehnat tajribasiga ega bo`lib, 2006-2015 yillarda Davlat soliq qo`mitasining turli tuzilmalarida bo`lim boshlig`i, boshqarma boshlig`i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, 2015-2017 yillarda Moliya vazirligining Soliq va bojxona-tarif siyosati boshqarmasida sho``ba mudiri bo`lib ishlagan.
Fazliddin Umarov 2017 yildan shu kungacha Hisob palatasining Qo`shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho``basi bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.