AsosiyJamiyat

Dam olish kuni ob-havo qanday bo`ladi?

'Dam olish kuni ob-havo qanday bo`ladi?'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazi 27 - 30 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 30 sentyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentyabrda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-28 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishni o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-29 sentyabrda 12-17 daraja, 30 sentyabrda 8-13 daraja iliq, kunduzi 27 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo`ladi, 28-30 sentyabrda 13-18 daraja iliqqacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar