“O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbilari to`g`risida”gi Farmon Prezident tomonidan imzolandi (PF–5837-son, 26.09.2019 y).
Farmonga muvofiq, joriy yilning 1 oktyabridan qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi (QQS) amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.
Shuningdek, soliq xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchining tijorat banklaridagi hisobvaraqlar bo`yicha operasiyalarini to`xtatib turish bo`yicha amaldagi tartib bekor qilindi.
Bundan tashqari, Farmonga ko`ra 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi tayyorlanishida:
–davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo`lgan yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to`lov stavkasini 25 foizdan 12 foizga tushirish;
–divident shaklida to`lanadigan daromadlarga soliq stavkasini saqlab qolgan holda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkasini 15 foiz miqdorida belgilash;
–qo`shilgan qiymat solig`ini hisoblash va to`lashning soddalashtirilgan tartibini bekor qilish nazarda tutiladi.
2019 yil 1 oktyabrdan boshlab ilgari Moliya vazirligining byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga o`tkazib kelingan yagona soliq to`lovi summasi Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetiga o`tkaziladi.