AsosiyJamiyat

“Keksalar haftaligi” belgilandi

'“Keksalar haftaligi” belgilandi'ning rasmi

Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o`rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (816-son, 27.09.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

Shuningdek, qarorga ko`ra:

vazirlik, idora va xo`jalik birlashmalarida rahbar o`rinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun mas`ul etib belgilanadi va “Faxriylar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo`lgan mehnat faxriylarini taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini o`tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.

“O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!” dasturi asosida keksa avlod vakillarining respublika bo`ylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari to`g`risida namunaviy nizom tasdiqlandi.

Ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o`rganish va bartaraf etishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar