AsosiySavol-javob

Tug`ruq ta`tilida bo`lsam ham ishdan bo`shatishmoqchi...

'Tug`ruq ta`tilida bo`lsam ham ishdan bo`shatishmoqchi...'ning rasmi

— 2 yoshli farzandim tarbiyasi bilan band bo`lganim bois tug`ruq ta`tilidaman. Ishxonamda ish o`rinlari va men ishlagan lavozim ham qisqartirilganligi sabab men bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishi haqida xabarnoma berildi. Shu to`g`rimi?

Z. Qurbonova, Toshkent shahri Sergeli tumani

Abdunosir IGAMBERDIEV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi:

Mehnat qonunchiligiga ko`ra, homilador va uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi. Siz bilan hozirda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish mumkin emas.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar