1

Hanuzgacha ijro bajarilmayapti

Savol-javob 04.10.2019, 14:01
Hanuzgacha ijro bajarilmayapti

— 2002 yil o`z nomimga 6,0 er uchastkasi sotib oldim. 2005 yil J.Chimbaev bilan turmush qurdik. Erimning uyi bo`lmagani sabab, nomimdagi er uchastkaga onam o`z kuchi bilan uy qurib berdi. Chunki ijarada yashardik. 2014 yil uy to`liq bitgach, erim nomimga firma ochdi. Bir kuni notarius chaqirib, bir hujjatga im­ zo qo`yishim kerakligini aytdi. “Uyni firma balansiga o`tkazamiz”, dedi. Ikkilansam, “Bosh­ liq o`zing­ku, istagan vaqtingda balansdan chiqarib olasan”, dedi va imzoladim. Keyin o`z nomiga firma ochib, nomimdagi firma bilan ikkisini qo`shib yubordi. 2017 yil fevraldan 2 oycha ijarada turdik. Shu vaqt ichida hokimiyatdan vakillarni olib kelib, uyimizni “ne jiloy dom” qilib yuborgan. Meni o`z uyimdan ro`yxatdan chiqarib, ammasinikiga ro`yxatga qo`ygan. Avgust oyidagina bu ishlardan xabar topdim. Qarzi ko`payib ketganidan nomimga 40 mln. so`m kredit oldirdi. 2 kundan keyin esa qizim bilan ko`chaga haydadi. Foizi bilan 50 mln. kreditni onam to`lab kelyapti. Bir kuni uyimning manzili ko`rsatilgan “uy sotiladi”, degan e`longa ko`zim tushdi. Sudga murojaat qildim. Uyim boshqa odamning nomiga o`tib ketgani uchun puldan ulush olishga hukm chiqardi. Biroq hanuzgacha ijro bajarilmay kelyapti. Ijarada yurib charchadim.

Sayyora Kenjemuratova, Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumani

Akmal MURODOV, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik ishlari bo`yicha Sudlov hay`ati raisi o`rinbosari:
— Aniqlanishicha, FIB Qo`ng`irot tumanlararo sudining 2018 yil 25 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan da`vogar S.Kenjemuratovaning javobgar D.Chimbaevga nisbatan uy-joydan ulushini pul shaklida olib berish haqidagi da`vo talabi qanoatlantirilib, javobgardan da`vogarning foydasiga 47.302.996 so`m undirish belgilangan. Mazkur sudning hal qiluv qaroriga nisbatan taraflardan apellyasiya yoki kassasiya tartibida shikoyat kelib tushmagan. Shu bois ushbu sud qarori hozirgi kunda qonuniy kuchida bo`lib, o`z vaqtida ijroga qaratilgan. Qayd etilganlarga ko`ra, S.Kenjemuratova sud qarorining ijrosini ta`minlash yuzasidan MIB Qo`ng`irot tumani bo`limiga murojaat qilish huquqiga ega.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1