1

O`qituvchilar malaka oshirishga o`z hisobidan borishadimi?

Savol-javob 04.10.2019, 14:23
O`qituvchilar malaka oshirishga o`z hisobidan borishadimi?

Men 1 oy davomida Termiz shahridagi o`qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida o`qidim. Ishga qaytib kelganimda menga o`tgan 1 oylik ish haqim to`lanmadi. Menga maktab direktori o`z hisobingdan o`qigansan, dedi. Bu holat qanchalik qonuniy?

X. EGAMShUKUROV, Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani

Temurjon KOMILOV, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to`g`risida”gi Nizomning 69-bandiga muvofiq buyurtmaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o`qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo`yicha egallagan lavozimi va o`rtacha ish haqi saqlanadi. Shuningdek, ishdan ajralgan holda hududiy markazlarga malaka oshirishga boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o`qishga borish va undan qaytish bo`yicha bir martalik yo`l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.Bundan tashqari, mazkur Nizomning 72-bandiga asosan, tinglovchi malaka oshirish kursidan chetlatilganda, unga hududiy markaz tomonidan sabablari ko`rsatilgan holda ma`lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqda uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga xabar beriladi. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan o`ta olmagan buyurtma asosida kelgan tinglovchi, keyingi o`quv yili uchun buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, ta`til berilishi asosida buyurtmanomaga kiritiladi. Malaka oshirish kurslariga qayta yuborilgan pedagog xodim o`qish yakunlari bo`yicha yakuniy nazoratdan takroriy o`tmagan yoki asosiy ish joyi bo`yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o`tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan qat`i nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda 2 oy mobaynida bekor qilinadi. Ular o`z pedagogik faoliyatini ta`lim muassasalarida davom ettirishi uchun hududiy markaz bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o`z malakalarini oshirgan bo`lishlari talab qilinadi.

Sardorbek RAHMONQULOV


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1