1

Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi qanday tayinlanadi?

Savol-javob 04.10.2019, 14:42
Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi qanday tayinlanadi?

— Qizim 2010 yil 26 yoshida vafot etdi, 2 bolasi bor edi. Bir yarim yoshli kenjatoyi men bilan qolgan, hozir 5-sinfda tahsil oladi. Shu yillar davomida otasi ikki bola uchun 198 ming so`m boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi olib keldi. Ikki bola uchun to`lanayotgan pul kam emasmi?

Mavluda Mavlonova, Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:
— Ish stajiga ega bo`lmagan fuqarolarning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emas. Ularning ijtimoiy ta`minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo`lgan ish stajiga ega bo`lmagan qariyalar, mehnatga layoqatsiz fuqarolar hamda bolalikdan nogironligi bo`lgan farzandi bor onalarga nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizomga asosan amalga oshiriladi. Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a`zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo`lgan nafaqaning oilaning mehnatga layoqatsiz 2 a`zosiga 75 foizi miqdorida belgilanadi. Boquvchisini yo`qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo`lgan oila a`zolarining barchasiga belgilangan miqdorda bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a`zosining talabiga ko`ra, uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to`lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo`linadi. Prezidentimizning 2019 yil 12 iyuldagi PF- 5765-son Farmoniga asosan, 2019 yil 1 avgustdan boshlab boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a`zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Demak, 2019 yil 1 avgustdan oilaning mehnatga layoqatsiz 2 a`zosiga nafaqa miqdori 327 112,5 so`mni (yoshga doir eng kam pensiya — 436 150 x 75%) tashkil etadi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 sentyabrdagi 731-son qaroriga muvofiq oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a`zosiga 2018 yil 1 oktyabrdan un va qolipli non xarid qilish bo`yicha qo`shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (22 300 so`m) miqdorida har oylik pul kompensasiyasi to`lanishi joriy etilgan.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1