1

"Chet eldagi erim uchun men murojaat qilsam maylimi?"

Savol-javob 04.10.2019, 14:48
"Chet eldagi erim uchun men murojaat qilsam maylimi?"

— Erim ishlash uchun chet elga ketgan. O`z nomimdan ariza yozib, turmush o`rtog`imni pensiyaga chiqarishga haqlimanmi?

Guli Zubaydova, Samarqand shahri

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 43-moddasiga asosan, xodimlarga va ularning oila a`zolariga (boquvchisini yo`qotgan taqdirda) pensiya tayinlash to`g`risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma`muriyati orqali beriladi. Dehqon xo`jaliklari a`zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a`zolariga pensiya tayinlash to`g`risidagi ariza bevosita arizachining istiqomat joyidagi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limiga beriladi. Turmush o`rtog`ingiz korxona, muassasa, tashkilot xodimi bo`lsa, pensiya tayinlash to`g`risidagi ariza ish joyi orqali berilishi belgilangan bo`lib, hozirgi kunda eringiz hech qaerda ishlamasa pensiya tayinlashni so`rab murojaat qilishda pasporti bilan Pensiya jamg`armasi bo`limiga murojaat etish talab etiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1