1

Kvartirasini sotgan fuqaro uyni bo`shatishdan bosh tortsa...

Savol-javob 04.10.2019, 15:23
Kvartirasini sotgan fuqaro uyni bo`shatishdan bosh tortsa...

— Notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga asosan kvartira sotib oldim. Barcha to`lovlarni to`lab, shartnomani davlat ro`yxatidan o`zimni nomimga o`tkazdim. Biroq kvartirani sotgan shaxs boshqa kvartira sotib ololmayotganini vaj qilib, kvartiradan chiqib ketishni xohlamayapti.

J.Tojiboev, Andijon viloyati, Andijon tumani

Gulnoraxon ASRANOVA, Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudining sudyasi:
— 2001 yil 14 sentyabrdagi “Uy-joy nizolari bo`yicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarorining 5-bandi, 6-xatboshisida tushuntirilishicha, notarial tartibda tuzilgan uy-joy shartnomasida sotuvchi va uning oila a`zolarining turar-joy ro`yxatidan chiqib ketish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa, shu muddat tugagan kundan, muddat ko`rsatilmagan bo`lsa shartnoma tuzilgan kundan ular turar-joydan foydalanish huquqini yo`qotadi. Agar notarial tartibda tuzilgan oldi-sotdi shart- nomangizda kvartirani sotgan fuqaro va uning oila a`zolarini turar-joydan ro`yxatdan chiqib ketish muddati ko`rsatilmagan bo`lsa, shartnoma tuzilgan vaqtdan ular turar-joydan foydalanish huquqini yo`qotgan hisoblanadi. Kvartirani sotgan fuqarolar ixti- yoriy ravishda kvartirani bo`shatmagan taqdirda, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudga uydan ko`chirish masalasida murojaat qilishga haqlisiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1