O`zbekiston Hukumati mamlakatimizning moddiy madaniy merosi bo`lgan ko`chmas mulk ob`ektlarining milliy ro`yxati tasdiqlanishiga doir qarorni (№ 846, 04.10.2019 g.) qabul qildi.
Hujjat bilan mamlakatdagi moddiy madaniy meros ob`ektlarining soni belgilandi. O`zbekistonda jami 8208 ta ko`chmas mulk ob`ekti mavjud bo`lib, ulardan 4748 tasi - arxeologik yodgorliklar, 2250 tasi - me`moriy yodgorliklar, 678 tasi - monumental san`at yodgorliklari hamda 532 tasi diqqatga sazovor joylardir.
Tarixiy, badiiy va boshqa madaniy boyliklarni saqlash maqsadida Milliy ro`yxatga kiritilgan ob`ektlar garov va ipoteka sifatida ishlatilishi mumkin emas, xususiy mulk bo`lgan moddiy madaniy meros ob`ektlari bundan mustasno. Mazkur qarorga ko`ra, madaniyat vaziriga ob`ektning nomi, davri va manzilini aniqlashtirish huquqi beriladi. Shuningdek, u Hukumatga milliy ro`yxatga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida takliflar kiritishi mumkin.