AsosiyJamiyat

O`zbekistonda non narxi ikki baravar oshishi mumkinmi?

'O`zbekistonda non narxi ikki baravar oshishi mumkinmi?'ning rasmi

O`zbekistonda qolipli (buxanka) non narxi 1500 so`mgacha ko`tariladi. Bunga Hukumat tomonidan bug`doy va un narxini liberallashtirilishi sabab bo`ladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Endilikda davlat fermerlardan va donni qayta ishlash korxonalaridan don va un sotib olish narxini sun`iy ravishda ushlab turish siyosatidan voz kechadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, yaqinda O`zbekiston fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa egalari kengashi fermerlarning g`allasiga past narx belgilanishi, uning arzon bahoda sotilishi fermerlar va don korxonalariga iqtisodiy zarar keltirayotgani, bu o`z navbatida hosildorlikni oshirishga bo`lgan rahbatni tushirib yuborgani yuzasidan Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasiga murojaat yo`llagandi.

Parlament Qonunchilik murojaatni o`rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzgandi. Yakunda narxni erkinlashtirish uchun takliflar ishlab chiqilishi kutilgandi.

Murojaat buyicha deputatlar tomonidan joylarda o`tkazilgan o`rganishlarda mahalliy un aholiga kat`iy o`rnatilgan davlat narxlarida etib bormayotganligi, aholi unni bozor narxlarida sotib olayotganligini aytishgan.

Fermerlarning asosiy da`vosi xozirgi amaliyotda don tayyorlov korxonalari fermerlardan olgan g`allasiga nafaqat o`z vaqtida, balki kezi kelsa to`liqligicha hisob-kitob qilolmayotganligidan iborat. Buning natijasida fermerlar ziyonga kirib ishlab, zarur texnika va kombaynlarni sotib ololmayotgani, texnika etishmaslikdan hosilni kech, ushoqli donlar yarim to`kilib ketgandan keyin o`rib olayotganligi ma`lum bo`ldi. 

Fermerlarning chiqishidan ma`lum bo`ldiki, qanchalik ular donning narxi oshib ketmasligi iddao kilmasinlar, lekin bu mahsulotning narxi oshishi, pirovardida bu esa un maxsulotlari, shu jumladan nonning narxi oshishini inkor etmadilar. Ba`zi mutaxassislarning gapiga ko`ra “buxankaning” narxi 1500 so`mgacha, boshqa taxminlarga ko`ra, 2000-2500 so`mgacha ko`tarilib ketishi mumkin.

O`zbekistonda non narxi oxirgi marta 2018 yil sentyabr oyida 1100 so`mga ko`tarilgandi. Bundan oldin u ko`p yillar davomida qolipli non narxi 600-650 so`mni tashkil qilgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar