1

Moldova O`zbekistondan ishchi kuchi import qilmoqda. Kunlik to`lov 40 dollargacha

Iqtisodiyot 18.10.2019, 16:14
Teglar: import, Moldova, ishchi kuchi
Moldova O`zbekistondan ishchi kuchi import qilmoqda. Kunlik to`lov 40 dollargacha

Moldovalik bog`bonlar 2019 yilda birinchi marta mamlakatda ishchi kuchi tanqisligiga duch keldilar, deb yozadi East-Fruit tahliliy portali.

Oqibatda joriy yilda kutilayotgan rekord darajadagi olma hosilini ba`zan o`z vaqtida terib olishga ulgurilmayapti. Bu esa ushbu mahsulotga uni saqlash paytida yo`qotish xavf solyapti.

Yirik bog`bonchilik xo`jaliklari mavsum boshidayoq Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ishchilar qidirishga kirishgan edi. Xususan, bir nechta korxonaga O`zbekistondan ham mehnatkashlar rasman ishga joylashtirilgan.

Xo`jaliklar vakillarining aytishlaricha, Moldovada ishga kirgan xorijlik, shu jumladan, o`zbekistonlik ishchilar natijaga qarab kuniga 40 AQSh dollarigacha pul ishlab olishmoqda.

“Shunday qilib Moldovada bir oy ishlagan o`zbekistonlik ishchilar 600 dollardan 1000 dollargacha jamg`armoqda, boz ustiga ular bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta`minlanyapti. Biroq ish kuni odatda 10-12 soatgacha cho`zilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Moldova har yili qiymati 200 mln. dollarlik bo`lgan 400 ming tonnagacha sarxil meva eksport qiladi. Boz ustiga, ushbu davlat marketing sohasiga juda kam investisiya yo`naltiradi, shuning uchun uning mahsulotlari past narxlarda eksport qilinadi.

Bu o`z navbatida mahalliy ishchi kuchini ushlab qolishga salbiy ta`sir qilyapti. Evropa ittifoqi bilan vizasiz rejim bo`lgani uchun ishchi moldovaliklar chetga ketishni ma`qul ko`rishyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1