1

Mukofot jamg`armasi 20 ming AQSh dollar bo`lgan xalqaro robototexnika musobaqasi o`tkaziladi

Jamiyat 23.10.2019, 09:30
Mukofot jamg`armasi 20 ming AQSh dollar bo`lgan xalqaro robototexnika musobaqasi o`tkaziladi

29-31 oktyabr kunlari poytaxtimizning “O`zekspormarkaz“ milliy ko`rgazma majmuasida yurtimiz tarixida eng yirik xalqaro robototexnika musobaqasi o`tkaziladi.

“InnoWeek” ikkinchi xalqaro innovasion g`oyalar haftaligi doirasida Islom hamkorlik tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida 17-23 yoshdagi ishtirokchilar uchun “The First OIC Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasi o`tkaziladi. Unda Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo 24 davlatdan 70 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashadi.

Musobaqaga Singapurdan mutaxassis sifatida doktor professor Ziyo Ahmad taklif etilgan. Shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti Boshqaruv kengashi a`zosi professor Hasan Basri Arslon, Islom hamkorlik tashkilotning Ilm-fan va texnologiyalar bo`yicha doimiy qo`mitasi maslahatchisi doktor Sayid Xurshid Xasanain, Xalqaro robototexnika olimpiya qo`mitasi prezidenti Kim Jong Xvan, Islom hamkorlik yoshlar forumi prezidenti Taxa Aynanning tadbirlarda ishtirok etishlari kutilmoqda.

17-23 yoshdagi ishtirokchilar uchun “The First OIC Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasining “Robo-futbol” yo`nalishida birinchi o`rin uchun 6000 AQSh dollari, ikkinchi o`rin uchun 4000 AQSh dollari, uchinchi o`rin uchun 2000 AQSh dollari miqdorida mukofotlar beriladi. “Robo-sumo” yo`nalishi mukofotlari esa birinchi o`rin uchun 5000 AQSh dollari, ikkinchi o`rin uchun 3000 AQSh dollari, uchinchi o`rin uchun 1000 AQSh dollari etib belgilangan. Bundan tashqari, musobaqa g`oliblariga esdalik sovg`alari va sertifikatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, musobaqa doirasida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 9-16 yoshdagi bolalar uchun “Robosumo“, “West sort out” va “Kegelring“ musobaqalari tashkil etilib, unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 60 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Musobaqa g`oliblariga mahalliy homiylar tomonidan esdalik sovg`alari taqdim etiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1