1

Eksportyorlarga jarima bo`yicha imtiyozlar belgilandi

Iqtisodiyot 25.10.2019, 19:56
Eksportyorlarga jarima bo`yicha imtiyozlar belgilandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (PF–5856-son, 24.10.2019 y.).

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yo`l qo`ygan eksportyorlar, shuningdek, tovarlarning respublikaga olib kirilishini va ularning «erkin muomalaga chiqarish» rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar ko`rsatishni belgilangan muddatlarda ta`minlamagan importyorlar tomonidan jarimalar (http://lex.uz/docs/196027#202564) to`lashda ayrim imtiyozlar belgilandi.

 Jumladan, valyuta mablag`larining kelib tushishi yoki respublikaga tovarlarni olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish:

*agar jarimani qo`llash masalasini ko`rib chiqish paytiga kelib ta`minlangan bo`lsa – jarima qo`llanilmaydi;

*agar sudning jarimani qo`llash to`g`risidagi qarorini ijro etish paytiga kelib ta`minlangan bo`lsa – qo`llanilgan jarima to`lanmaydi;

* agar jarima qo`llanilgandan keyin 90 kunlik muddat ichida ta`minlangan bo`lsa – to`langan jarima Davlat byudjetidan qaytarib berilishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1