AsosiySalomatlik

D vitaminining kutilmagan foydasi

'D vitaminining kutilmagan foydasi'ning rasmi

Olimlar ultrabinafsha nurlanishning teriga ta`sirida yoki D vitamini qabul qilinganda inson ichagidagi bakteriyalar tarkibi o`zgarishini aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, D vitamini organizmning himoyalovchi xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. Bu haqda Frontiers in Microbiology nashrida ma`lum qilingan. 

Mutaxassislarning eslatishicha, quyosh nurining ta`siri organizmda immunitetni oshiruvchi D vitamini ishlab chiqilishiga ko`mak beradi. Shuningdek, bu vitamin qo`shimchalar sifatida qabul qilinadi. Bu safar olimlar D vitamini ishlab chiqilishi va inson ichagi mikrobiomi tarkibi o`rtasida bog`lanish bor-yo`qligini tekshirishga qaror qilishgan.  

20 dan ko`proq kishi ishtirok etgan tajriba qishda o`tkazilgan. Ishtirokchilarning butun tanasi bir daqiqadan 3 marta ultrabinafsha nurlanishga uchratilgan. Natijada tajriba oxirida ishtirokchilarning organizmidagi bakteriyalar turfa xilligi ancha oshgan. Shu bilan birga bir qism ishtirokchilar D vitamini qabul qilgan. Ularda tajriba oxirida bakteriyalar tarkibi sezilarli o`zgarmagan.   

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, D vitamini yo`g`on ichak saratonidan himoyalovchi Lachnospiraceae oilasiga mansub bakteriyalar ko`payishiga eng ko`p ta`sir qilgan.
 

    Boshqa yangiliklar