Kecha, 31 oktyabr kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida Vazirlar Mahkamasining davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan badiiy filmlarning reklamasi hamda televidenie, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasi tashkil etish va amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida o`tkazilgan majlis bayoni yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tgani xaqida xabar bergan edik. Unda kino sohasining eng muhim va og`riqli nuqtalari, dunyo tajribasi, shuningdek istiqboli muhokama qilindi.
Firdavs Abduxoliqov, "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori:
- Ma`lum bir davrda kino targ`iboti oqsab qolgani uchun bugun kino sohasida talay muammolar yig`ilib qolgan. Dunyo kino sanoatida kino uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan kinoprodyuserlar bizda etishmaydi. Ular piar va targ`ibot bilan shug`ullanishi kerak. Kinoga qiziqtirish, unga auditoriya topish prodyuserlarning zimmasida bo`ladi. Shuningdek, Gollivud filmlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, namoyish etish ham kino prokatini o`stiradi. Bugungi yig`ilishimizdan asosiy maqsad mana shu muammolarni aniqlash va ularga echim izlash. Muammolar aniqlandimi, echimiga bugundan kirishishimiz kerak. Shu maqsadda kino prokati ishini o`rganish bo`yicha ishchi guruhi tuziladi va ular barcha joyda bo`lib, muammolarni o`rganib kelishadi. Qolaversa, kino tanqidchiligini ham rivojlantirishimiz zarur. Chunki kinoni tanqid o`stiradi. O`zbek kinosining yutug`i - xalqimizning yutug`i. Barchamiz shu maqsad yo`lida birgalikda ishlashimiz kerak.
Dilmurod Masaidov, kinorejissyor:
- Kinoteatrlar qurishda shaharlar bilan cheklanib qolmasdan, qishloq joylarida ham ko`proq kinozallar qurish kerak. Ishonavering, qishloqda odamlar kino qo`yib bersangiz, hozir ham maza qilib tomosha qiladi. Aslida, qishloqda ichida bufeti, hamma sharoiti bor kinoteatr bo`lishi ham shart emas, kino ko`rsatadigan katta bir ekran bo`lsa bo`ldi. O`zim bolaligimda kinolarni qanday qiziqish bilan ko`rganimizni eslayman. Katta bir maydonda bitta kinoekran bo`lardi, xolos. Yana bir gap, kinoteatrlarda chet el filmlarini o`zbekchaga tarjima qilib namoyish etish kerak. Chunki deyarli hamma kinoteatrlarda chet el filmlari rus tilida ko`rsatiladi.
Muzaffar Erkinov, kinorejissyor:
- Kino targ`iboti, kinoteatrlar ahvolini yaxshilash, ularning sonini ko`paytirish haqida gapirarkanmiz, kino o`g`rilari bilan kurashni ham aytib o`tmoqchiman. Negaki uzoq yillardan beri "kinoqaroqchilik"dan jabr chekamiz. Jinoyat kodeksiga "kinoqaroqchilik" ni jazolash bilan bog`liq bandlar kiritilishi kerak deb o`ylayman. Chunki bitta kino suratga olish uchun katta bir ijodiy jamoa ishlaydi. Bu esa ularning mehnatini kuydiradigan bir holat.
Avvallari qishloqlarga ko`chma kinoteatrlar borardi, klublar bo`lardi va odamlar maza qilib kino tomosha qilishardi, masalan, hindlarning "Tansor disko" kabi filmlarini. Ammo hozir "Tansor disko" zamoni emas. Chunki kinoga bo`lgan qiziqish pasayib ketgan. Mana, Toshkent sitida nega kinoteatr qurilmayapti? Chunki kinoga borish madaniyati tushib ketgan. Biz birinchi navbatda tomoshabinda shu madaniyatni shakllantirishimiz kerak.
22.12.2021, 17:56
Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...21.07.2021, 17:46
Fransiyadagi madaniy va ko`ngilochar joylar endi faqat raqamli vaksina olganlik haqidagi maxsus pasport egalari uchun ochiqdir, bu Prezident Makron tomonidan mamlakatda universal emlashni ta`minlashga qaratilgan...27.04.2021, 16:34
“Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda. Poytaxtimizda qad ko`targan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan shoir...03.12.2020, 20:22
"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman...