Davlat byudjetining 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida daromadlari 79,2 trillion so`mni (o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravar ko`p), xarajatlari esa, 86,5 trillion so`mni tashkil etdi.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida eng yuqori ulush (53,2 foiz) ijtimoiy xarajatlarga to`g`ri keldi.
Bu haqda 2019 yilning 31 oktyabr kuni parlament quyi palatasida o`tkazilgan navbatdagi majlisda eshitilgan Vazirlar Mahkamasining «Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi bajarilishining borishi to`g`risida»gi hisobotda ma`lum qilindi.
Hisobotni Bosh vazir o`rinbosarlari A.Abduhakimov va E.G`aniev taqdim etdi.