AsosiyJamiyat

Navoiy viloyat IIB «Tez yordam» xodimi tahqirlangani aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi (Video)

Holatni o`rganish mobaynida 2019 yil 31 oktyabr kuni soat 17:40da Uchquduq tuman Tibbiyot...

'Navoiy viloyat IIB «Tez yordam» xodimi tahqirlangani aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi (Video)'ning rasmi

Holatni o`rganish mobaynida 2019 yil 31 oktyabr kuni soat 17:40da Uchquduq tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limiga Pulatov Eldor tanishi Hikmatov Kamolning sog`ligi yomonlashganligi haqida bergan xabariga asosan tez yordam bo`limi navbatchi shifokori Boboqulov Najmiddin va navbatchi feldsher Rajabov Ulug`bek ishtirokidagi navbatchi guruh belgilangan manzil Uchquduq tumani Navruz ko`chasi 10-uy 4-xonadonga soat 17:45 da etib kelishgani aniqlandi . 

Tibbiyot xodimlari kelguniga qadar K.Hikmatov mast holatda uxlayotgan bo`lgan, tibbiyot xodimlari kelganidan sung K.Hikmatov uyg`onib, navbatchi shifokor N.Boboqulov egniga ko`k rangli tibbiyot xalati ustidan qishki kurtka kiyganligi sababli, “Nima uchun oq xalatda emassan, nima uchun meni oyog`ing bilan turtib uyg`otding”, deb N.Boboqulov bilan o`zaro nizoga borib janjallashgan. Janjal vaqtida K.Hikmatov shifokor N.Boboqulovning ko`krak qismiga qo`li bilan bir marotaba urib, E.Po`latov ham har xil so`zlar bilan haqoratlagan. 

Janjal bo`layotganligi to`g`risida tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori E.Islomovga soat 17:49da navbatchi feldsher U.Rajabov telefon orqali xabar bergan. Xabar asosida profilaktika inspektorlari E.Islomov, F.Po`latov va A.Ismatullaevlar voqea joyiga kelib, janjalga barham berishgan.   Video tasvirda ham Ichki ishlar xodimining tomoshabin emas, balki holatni to`g`ri baholab, undan so`ng tezkorlik bilan harakat qilgani aks etgan. Profilaktika inspektorlari zudlik bilan “Mast holdagi fuqarolarni reablitatsiya qilish”markaziga olib kelib joylashtirishgan. 

Holat voqea sodir bo`lgan kuni tuman IIB Shakl-2 jurnalida 242-raqami bilan qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish uchun profilaktika inspektori E.Islomovga topshirilgan. 

Holat yuzasidan N.Boboqulov, K.Hikmatov, E.Po`latov, U.Rajabovlardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.                                                                

   Navoiy viloyati IIB  matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar