So`nggi yillarda tibbiyot sohasida maoshlarning kamligi bois tibbiy xodimlar xususiy klinikalarda ishlashni afzal bilmoqda. Bu mamlakatimizda xususiy klinikalarni rivojlanib borayotganidan ham darak beradi.
“So`nggi yillar ichida 168 nafar tibbiyotning etuk mutaxassislari davlat kasalxonalaridan bo`shab, xususiy klinikalarga o`tib ketgan. Sababi, oylik maoshlar xususiy klinikalarda bir necha barobar yuqori. Ayni damda Sog`liqni saqlash vazirligida 60 mingdan ziyod shifokor ishlaydi. Bir yil ichida ularning oylik maoshi 40 foizga ko`tarildi. Menimcha, yana ularning oylik maoshini ko`tarishga hojat yo`q”, deydi Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Abduhakim Xojiboev.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning tibbiy muammolarni hal etishda siyosiy partiyalarning faolligiga bag`ishlangan anjumanida aytib o`tildi.