Toshkent shahri Bektemir tumanida 4 km.dan ko`proq toza ichimlik suvi quvuri yotqizilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur hududda yashovchilar ichimlik suvidan qiynalishgan. Ushbu harakat natijasi o`laroq, endilikda tumanning yana 600 ga yaqin aholisi obi-hayot manbaiga ega bo`ladi. Buning uchun “Obod mahalla” dasturi doirasida 6,5 mlrd. so`m mablag` sarflanmoqda.






