AsosiyJamiyat
2363

Toshkentda bir sutkada 3 ta yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentda bir sutkada 3 ta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri hududida 2019 yil 5 noyabr kunidan 6 noyabr kuniga qadar 3 ta yong`in bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, voqelarda insonlarning halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shulardan e`tiborga molik bo`lgan yong`in, 5 kuni soat 22:13da, Sergeli tumani, Yo`ldosh 7-dahasi 1-uy 1-xonadon xujraxonasining devor qoplamasi 5 kv.m. maydonida yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:15da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 22:23da qurshab olinib, soat 22:38da bartaraf etilgan

Yong`in sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar