1

Yuliy Yusupov: "Soliq Qo`mitasining taklifi Afandining ko`z yoshi uchun soliq solish g`oyasiga o`xshaydi"

Jamiyat 08.11.2019, 12:37
Teglar: Yuliy Yusupov, Soliq
Yuliy Yusupov: "Soliq Qo`mitasining taklifi Afandining ko`z yoshi uchun soliq solish g`oyasiga o`xshaydi"

 

Iqtisodchi Yuliy Yusupov so`nggi vaqtlarda tadbirkorlarning ishiga ochiq-oydin zarar etkazayotgan mantiqsiz soliqlar haqida o`z fikrini bildirdi

Unga ko`ra hozirgi soliq siyosati tadbirkorlikni zaiflashtiradi va tadbirkorlarning davlatga bo`lgan ishonchini yo`qqa chiqaradi.

Siz tadbirkorsiz. Mahsulotingizni xorijlik hamkoringizga sotdingiz. Ammo hamkor pulni to`lashda kechikdi yoki umuman sizni aldadi, etkazib berilgan mahsulot uchun to`lov qilmadi. Yoki boshqa bir holat: siz xorijdan mahsulot sotib oldingiz, unga pul to`ladingiz, etkazib beruvchi esa mahsulotni jo`natishni cho`zib yubordi, yoki umuman jo`natmadi. Bunday vaziyatda kim aybdor? Sizmi, yoki hamrohingizmi? Sog`lom aql hamkoringiz aybdor ekanligini ko`rsatib turibdi. Siz esa aynan jabrlanuvchi tomonsiz.

Biroq amaldorlarimizning mantig`i umuman boshqacha: chetga mahsulot chiqaryapsanmi – saxiy bo`l, valyutani oldindan ko`rsat; mahsulot olib kirish uchun valyuta chiqaryapsanmi – unda mahsulotni oldindan ko`rsat. Agar sizga eksport qilgan mahsulotingiz uchun pul to`lashmasa, yoki pulingizga yarasha mahsulot etkazib berishmasa, u holda faqat siz aybdor bo`lasiz. Garchi olingan majburiyatni siz emas, hamkoringiz buzgan bo`lsa ham. Yana sizga buning uchun jarima ham solishadi.

Mantiqning ajoyibligini qarang! Vaholanki, davlatning bu – o`z vaqtida olinmagan yoki yo`qotilgan pul, yoxud mahsulotga hech qanday aloqasi yo`q. Siz davlatnikini emas, o`zingizning shaxsiy mahsulotingizni sotdingiz. Yoki chetdan keltirayotgan mahsulotingiz (import) uchun davlatning emas, o`zingizning pulingizni to`layapsiz. Lekin davlatimiz qandaydir yo`l bilan bu erga aralashib qolyapti.

Bu umuman sovetcha mantiq: sovet davrida hamma narsa davlatniki bo`lgan – kimdir xorijga mahsulot chiqarib, buning uchun valyuta olmasa, demak u xalq mulkini o`margan, deb hisoblangan. Import uchun sarflangan pul ham xuddi shunday – “davlatniki” bo`lgan.

Ammo yuqorida sanalgan holatlarning birontasida mahsulot ham, pul ham davlatniki emas! Agar davlat eksport va import shartnomalaridan kamroq soliq olganida bu erdagi mantiqni tushungan bo`lardim. Shunda u: “Ha, biz soliqdan bo`yin tovlashga qarshi kurashyapmiz”, deyishi mumkin edi. Lekin bunday emas: siz har qanday holatda – hatto eksport qilingan mahsulot uchun pul to`lashmasa, yoki puli to`langan import mahsulotni umuman etkazib berishmasa ham soliq to`layverasiz.

Unda nega va qaysi qonunga ko`ra davlat jabrlanuvchi tomonni jarimaga tortyapti?

Yana Soliq qo`mitasidagi amaldorlarga bu mantiqsiz, absurd jarimalar ham kam ko`ringan shekilli, endi jarima miqdorini oshirish tashabbusi bilan chiqishibdi.

Davlat Soliq Qo`mitasining taklifi Xo`ja Nasriddin Afandining ko`z yoshi uchun soliq solish g`oyasiga o`xshaydi: “Ko`z yoshi uchun soliq yangi ko`z yoshilarga sabab bo`ladi, yangi ko`z yoshilar esa yangi soliqqa”.

“Ko`z yoshi uchun soliq”ning yana bir turi – “ijobiy kurs farqi” deb nomlanadi, u korxonaning foydasiga qo`shiladi, bundan esa soliq to`lash kerak bo`ladi. Negadir qonunchiligimiz milliy valyuta qadrsizlanishini boyish manbai, deb qabul qiladi. So`m dollarga nisbatan 20%ga tushib ketsa, buning ortidan qo`lida dollar bor odamlar 20%ga boyib qolgan, deb hisoblanadi. Qiziq mantiq. Lekin nima uchun bu vaqtda narxlar so`mda qanchaga oshgani (inflyasiya bo`lgani) hisobga olinmaydi? Balki narxlar 20%dan ham ko`proq oshgandir? Shunda hech qanday “boyish” sodir bo`lmadi-ku! Unda nega faqat “ijobiy kurs farqi” hisoblanyapti? Agar farq salbiy bo`lsa, uni zarar deb bilib, soliqlar ro`yxatidan chiqarib tashlash kerak emasmi? Yo`q, mumkin emas ekan.

Milliy valyuta qadrsizlanar ekan, eng avvalo bu davlatning aybidir – samarasiz pul-moliya va byudjet siyosati tufayli. Biroq milliy valyuta qadrsizlanishiga mas`ul bo`lgan davlat buning uchun o`zini emas, ishlab topgan pulini qandaydir yo`llar bilan inflyasiyadan himoya qilishga urinayotganlarni jazolayapti. “Biz sizni inflyasiya vositasida tunaymiz, bu talonchilikka qarshilik qila ko`rmang!” – deb aytmoqchi bo`lyapti bizga amaldorlar.

Bu xuddi eksport qilingan mahsulotga o`z vaqtida pul olinmagani uchun jarima belgilangani kabi buzuq mantiq. Ya`ni, “juda kuchli” mantiq: “Men shunday bo`lishini xohladimmi, demak, shunday bo`ladi!” Kechirasiz-u, bu jamiyat nazoratidagi davlatning emas, hech kimni nazar-pisand qilmaydigan talonchining mantig`i.

Xo`p, qachon bunday talonchilarga xos mantiqdan voz kechamiz? Hech bo`lmasa mana shu ikki narsa – yuqorida aytilgan jarima va “kurs farqi”ga soliq solish qachon bekor qilinadi? Hozircha yangi Soliq kodeksi qabul qilinmagan ekan, parlament va hukumat bu haqda o`ylab ko`rishining ayni vaqti.

Aks holda, ko`z yoshiga soliq solish qoldi, xolos.

Sharhlar

O`zini o`zi band qilganlarning 100 mln so`mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

22.04.2024, 09:08

Joriy yilda Soliq kodeksiga o`zgartirishlar kiritildi. Endilikda o`zini o`zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so`mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to`lashga o`tadi.Ijtimoiy...
Soliq tizimida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlarga ko`mak beruvchi yangi platforma yaratildi

04.10.2022, 20:27

2022 yil 4 oktyabr kuni Davlat soliq qo`mitasida “Innovasion yondashuv va kreativ fikrlash – yuksak natija omili” mavzusidagi Respublika seminar-treningi tashkil etildi.Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda...
Soliq tizimida 10 ga yaqin xodim ishdan olindi, 10 nafarining maxsus unvoni pasaytirildi, yana 10dan ortig`i esa...

29.09.2022, 13:02

Joriy yilning 28 sentyabr kuni Davlat soliq qo`mitasi Raisi Sherzod Kudbiev rahbarligida QQS manfiy farq summalarini qoplab berish bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlarining murojaatlarini ko`rib chiqilishiga bag`ishlangan...
Endi "taksist"lar o`zini o`zi band qilishi mumkin. DSQ lisenziya varaqasi qanday olinishini ma`lum qildi

07.09.2022, 11:25

2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq bo`lmagan o`rindiqlarga ega engil avtotransport vositalarida yo`lovchilarni tashuvchilar o`zini o`zi band qilishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1