Namanganda qarovsiz qoldirgan mashina mast fuqaro tomonidan olib qochildi, bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
7 noyabr kuni soat taxminan 00:35 da, 23 yoshli fuqaro N.A, mast holatda bo`la turib, o`zining tanishlari 24-yoshli U.K. va 23 yoshli R.T.lar bilan birgalikda Namangan shahar Porloq mahalasida qarovsiz qoldirilgan fuqaro A.Tga tegishli bo`lgan «VAZ-21013» rusumli avtomashinani olib qochgan.
U Pungon-Namangan yo`lining 68 kilometirida, boshqaruvni yo`qotib yo`lning o`ng tomonidagi daraxtga urilgan.
YTH oqibatida, avtomashinani boshqarib kelgan N.A. hodisa joyida vafot etgan, sheriklari esa yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov jarayonida barcha holatlar o`rganilmoqda.
Eslatib o`tamiz, sal avval Quyichirchiq tumanida 2 ta “ISUZU” avtobusi halokatga uchragani xabar qilingan edi.