AsosiyJamiyat

Tezkor: Abdulloh topildi va u uyiga qaytyapti

'Tezkor: Abdulloh topildi va u uyiga qaytyapti'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarning so`nggi kunlardagi qahramoni, ikki haftadan buyon bedarak yo`qolgan Abdulloh Tohirov va nihoyat topildi.  U yo`qolganidan buyon birinchi marta bugun aloqaga chiqdi. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirov ma`lum qildi.

"Men uni hali ko`rmadim, u menga bugun - juma kuni 22:00lar atrofida qo`ng`iroq qildi. kayfiyati yaxshi edi. Toshkentdan chiqib, uyga qarab yo`l olganini aytdi. Ovozidan xursandligi bilinib turibdi. Qolgan tafsilotlarni aytgisi kelmadi", — degan Abdullohning otasi. 

Eslatib o`tamiz:

Andijon viloyat IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigit uyiga qaytib kelmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Abdulloh qaerda?" sarlavhasi ostidagi post tarqaldi.

“Abdulloh qaysidir amaldorni so`kkan emish! Yoxud uni urib ketgan VSF raqamli mashinada kimlar yurishini bilasiz...” taxminlari

"Abdulloh"ga rasmiylardan javob borligi.

Abdulloh bo`yicha ilk rasmiy ma`lumot berilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, “Adolat” partiyasi “Qonun barcha uchun barobar, Abdulloh qaerda?” degan so`rov bilan chiqdi.

 

Boshqa yangiliklar