1

Energetika vazirligi elektr energiyasidagi vaqtincha uzilishlar bo`yicha izoh berdi

Jamiyat 09.11.2019, 09:58
Energetika vazirligi elektr energiyasidagi vaqtincha uzilishlar bo`yicha izoh berdi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati «Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»da ta`mirlash ishlari olib borilayotgani haqida ma`lumot berdi.

«Bugun, 8 noyabr kuni kech soat 24:00ga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo`ladi.

«Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»ning 450 MVt quvvatga ega elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo`ljallangan energoblokida gaz filtrlarini tozalash uchun ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida bugun, 8 noyabr kuni soat 24:00ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo`ladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz», deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda ayni paytda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi 8ta IES bor – «Tolimarjon», «Angren», «Yangi Angren», «Navoiy», «To`raqo`rg`on», «Taxiatosh», «Sirdaryo» va «Toshkent» issiqlik energiya stansiyalari. Shuningdek, 3ta issiqlik elektr markazlari faoliyat ko`rsatmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1