AsosiyJinoyat

Farg`onada masjid ochish uchun ruxsatnoma 4500 dollar va 27 million so`mga “baholandi”

'Farg`onada masjid ochish uchun ruxsatnoma 4500 dollar va 27 million so`mga “baholandi”'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro Dilshod.R. fuqaro Alisher.R.ga hashar yo`li bilan obod etilgan “Ko`k to`nli ota” nomli masjidni ochilishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni va`da qilib, firibgarlik yo`li bilan 4500 AQSh dollari va 27 mln. so`m pullarni olib, o`z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Yana bir holatda fuqaro Dilshod.R. fuqaro Maqsud.T.ning farzandini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, firibgarlik yo`li bilan 1000 AQSh dollarini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan, fuqaro Dilshod R.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar