1

Sayyor o`quv yig`inining bosh mavzusi korrupsiyaga qarshi kurash bo`ldi

Jamiyat 11.11.2019, 14:26
Sayyor o`quv yig`inining bosh mavzusi korrupsiyaga qarshi kurash bo`ldi

Jamiyatimizda korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, ularga yo`l qo`ymaslik – davr talabidir. Ushbu mavzu IIV malaka oshirish instituti tomonidan joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlarida bosh mavzu bo`lmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda 2018 yil 23 avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorlari bugungi kunda soha xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim dasturilamal hujjat bo`lib xizmat qilmoqda.

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Toshkent va Farg`ona viloyatlaridagitumanlar va shaharlar ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`lim (bo`linma)lar boshliqlari, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo`limlari tezkor vakillari, yo`l harakati xavfsizligi xizmati ofiserlar tarkibi uchunmalaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda. 

O`quv yig`inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid belgilab berilgan dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, xalq manfaatlariga xizmat qilish – ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy mezoni ekanligi, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o`rnatish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga doir chora-tadbirlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yish tizimining zarurati va ahamiyati tushuntirilmoqda. 

– Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan hujjatlar, xususan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi qonun, Davlatimiz Rahbarining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori, 2019 yil 27 maydagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirib berilmoqda, 
– deydi Toshkent viloyati Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, podpolkovnik Rasul Mamatov. – Ushbu muhim normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlashda ichki ishlar idoralari oldida turgan dolzarb vazifalar kabi mavzular bo`yicha ham mashg`ulotlar o`tkazilmoqda.

– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, xalqchil tuzilmaga aylantirish, “Jinoyat haqiqati va adolati”, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan tamoyillarni amalda qaror toptirish soha xodimlarining bilim va ko`nikmalarini oshirish bilan uzviy bog`liq, – deydiFarg`ona viloyati Oltiariq tumani IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmasi boshlig`i, mayor Oybekjon Qodirov.–Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Farg`ona viloyatida o`tkazilayotgan besh kunlik sayyor o`quv yig`inlarida sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, hududlarda shakllangan ijobiy tajribalar bilan yaqindan tanishyapmiz. Endilikdagi asosiy vazifamiz olgan bilimlarimizni kundalik faoliyatimizga tadbiq etish hisoblanadi. O`ylaymanki, o`rganganlarimiz kelgusidagi xizmat faoliyatimizda qo`l keladi.

O`quv yig`iniga jalb qilingan xodimlarga joydagi ichki ishlar organlarida xizmatni to`g`ri tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda. 

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1