AsosiyIqtisodiyot

Koreya Eksimbanki bilan 74 million dollarga teng loyiha imzolandi

'Koreya Eksimbanki bilan 74 million dollarga teng loyiha imzolandi'ning rasmi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Eksimbanki moliyaviy operasiyalar bo`yicha direktori Ch. Yun-su boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, unda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi vakillari ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi, xususan, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O`zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha bir qator regional tibbiyot muassasalarini umumiy qiymati 74 million dollarga teng tibbiy uskunalar bilan jihozlash loyihasi bo`yicha hamkorlik to`g`risida Protokol imzolandi.

Loyihaning asosiy maqsadi, respublika sog`liqni saqlash tizimining xizmat sifatini oshirish maqsadida, viloyatlarda, asosan chekka va qishloq joylardagi 150 dan ortiq tibbiyot muassasalarini, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar, yordamchi tibbiy materiallar va vositalar bilan ta`minlash orqali modernizasiya qilishdan iborat.

Uchrashuv yakunida, erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo`yicha keyingi amaliy ishlar ham muhokama qilindi.

 

Boshqa yangiliklar