So`nggi kunlarda tadbirkorlar orasida “konvertasiya yana cheklanadi”, degan gap-so`zlar tarqaldi. Import bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlar konvertasiya cheklanishidan xavotirda ekanliklarini aytishmoqda.
O`zbekiston Markaziy banki konvertasiyaga cheklovlar bo`lishi mumkinligi borasidagi shov-shuvlar asossizligini bildirdi. O`zbekistonda konvertasiyaga cheklovlar qo`yilmaydi.
Markaziy bank rahbariyati vakili O`zbekiston 2017 yilda imzolangan farmondan hech qachon chekinmasligini ma`lum qildi.
Eslatma: Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 5 sentyabrda “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo`yicha dastlabki choralar to`g`risida”gi farmonni imzolagan.






