O`zbekistonlik yigitlardan iborat Blueman guruhi Central Asia’s Got Talent xalqaro tanlovida noodatiy chiqish bilan muxlislar olqishiga sazovor bo`ldi. Ular Shakiraning Waka Waka va Europe guruhining The Final Countdown kuylarini shippaklar yordamida plastik quvurlarda ijro etdi.
Ta`kidlanishicha, sahnaga chiqqan yigitlar o`zlarining «cholg`u asboblarini» mustaqil ravishda ixtiro qilgan. CAGT’da ishtirok etish orqali esa bu haqda butun dunyoga so`zlab berish imkoniyatini qo`lga kiritishgan.