Toshkent viloyati tajribasi asosida g`allachilik klasterlari tashkil etish orqali 2-5 ming bosh qoramoldan iborat yirik fermalar faoliyatini yo`lga qo`yish lozimligi qayd etildi.
Bunda, kengayish istagini bildirgan va kamida 500 bosh qoramoli mavjud fermerlarga har 1 ming bosh uchun 300-400 gektardan er berish orqali g`allachilik klasterlari tashkil etiladi.
Ushbu tizim shunisi bilan jozibadorki, yirik klasterlar bug`doyni qayta ishlash orqali omuxta em ishlab chiqarish hamda g`alladan bo`shagan erlarda takroriy ekin sifatida ozuqabop ekinlarni etishtirib, o`zi silos ishlab chiqarish imkoniga ega bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektorda qator idora va tashkilotlarga bir oy ichida har bir talabgorning takliflarini ko`rib chiqib, amalga oshirish choralarini belgilash vazifasi qo`yildi.