Toshkent viloyatining Angren shahrida aholi hali ham issiq suv berilmaganidan norozi. Tahririyatga yuborilgan videoda issiqlik idorasi binosida bir necha kishining yig`ilib turganini ko`rish mumkin.
"Isitish mavsumi boshlandi, issiq suv yo`q, to`polonning sababi shu. Shuncha xalq bekordan bekorga turibdi. Aslida GRESdan atigi 500 metr uzoqda turamiz. Lekin issiq suv yo`q" deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.