AsosiyJamiyat
3249

Sergelida “Istana” mikroavtobusi yondi

'Sergelida “Istana” mikroavtobusi yondi'ning rasmi

Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 5 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, shulardan 4 tasi qurigan o`simlik va xazonlarni yonishi bilan bog`liq bo`lgan yong`inlarni tashkil etmoqda. Yong`inlarda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Xususan, 17 noyabr kuni soat 15:22da, Sergeli tumani, TXAY ko`chasi Erkin ko`rigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:30da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 15:35da bartaraf etilgan.

Yong`in avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 2 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`ragan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar