1

Huawei 2020 yilda yangi rusumdagi smartfonlar chiqaradi

Hi-tech 18.11.2019, 11:56
Huawei 2020 yilda yangi rusumdagi smartfonlar chiqaradi

«Harmony OS smartfonlari 6-9 oy ichida  foydalanishga tayyor bo`ladi»,- dedi Huawei vise-prezidenti Vinsent Pang Business Insiderga bergan intervyusida.

Huawei  vakili tushuntirishicha, kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan operasion tizim nafaqat smartfonlar uchundir. Harmony OS, shuningdek, internet jihozlari va aqlli uy qurilmalarini boshqarishi mumkin.

Pangning tushuntirishicha, Harmony OS’ni Huawei va Honor smartfonlari uchun asosiy operasion tizim sifatida ishlatish qarori AQSh tomonidan ma`qullangandan keyin qabul qilinadi.

Oktyabr oyida GizChina internet manbasi Huawei  smartfonlarining navbatdagi ko`rinishi ikkita operasion tizim bilan yaratilishini aytdi. Harmony OS bilan ishlaydigan versiyalar Xitoyning ichki bozori uchun, shuningdek, Androidning tashqi versiyalari uchun mo`ljallangan bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1