AsosiySport

IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi

'IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi'ning rasmi

19 noyabr kuni Jahon Chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida “Paxtakor” stadionida Falastin va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasida futbol o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 17.00 da boshlanadi.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi futbolga tashrif buyuruvchilarga murojaat bilan chiqdi

“Barcha futbol muxlislaridan chiptalarni oldindan xarid qilishlarini va o`yinga boshlanishidan bir soat oldin kelishni iltimos qilamiz. 

Shaxsiy avtomobilni uyda qoldirib, taksi yoki jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Agar o`z avtomobilingizda kelmoqchi bo`langiz, uni Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko`chalari chetida qoldirmasdan, “Xumo Arena” muz kompleksini ko`p qavatli avtoturargohida qoldiring. 

Shuningdek sizdan navbat bilan stadionga kirishni, tartibsizlik qilmaslikni hamda sumka va shaxsiy buyumlarni tekshirish qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.

Navbatda turganingizda, sizdan oldin turgan odamlar stadionga kirishlarini kutib turing. Atrofdagilarni hamda jamoat tartibini va sizning xavfsizligingizni ta`minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini hurmat qiling.

Shuningdek o`zingiz bilan ichimliklar, kungaboqar pistalarini, shirinliklar olib kelmaslikni iltimos qilgan bo`lardik, ammo olib kelgan taqdiringizda ham, ulardan qolgan chiqindilarni stadion o`rindiqlarida qoldirmang.

O`zgalar mehnatini hurmat qiling!”

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar