1

O`zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million 200 mingdan oshdi

Hi-tech 20.01.2015, 18:42
O`zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million 200 mingdan oshdi

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari rivojlangan, hayot sur`atlari beqiyos darajada tezlashgan bugungi zamonda yoshlarni to`g`ri yo`ldan ozdirishga qaratilgan g`oyaviy xurujlar kuchayib bormoqda, deya yozmoqda O`zA.
Yoshlarda internetdan oqilona foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, global tarmoqda milliy axborot resurslarni ko`paytirish, yosh veb-ixtirochilarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash mazkur muammoning samarali echimida muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili an`anaviy tarzda o`tkazilayotgan “Xalq ta`limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko`rik-tanlovi bu borada muhim loyihalardan biridir.
Mazkur ko`rik-tanlovning 2014 yilgi g`oliblarini taqdirlash marosimida xalq ta`limi vaziri o`rinbosari A.Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o`g`il-qizlarning internetdan to`g`ri foydalanish madaniyatini yuksaltirish, ularni ezgu g`oyalar ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga yo`naltirish, bandligini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidladi.
Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko`payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi. Davlatimiz rahbarining 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori internetdan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– O`tgan yili markazimiz tomonidan ko`rik-tanlov saviyasini oshirish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi, – deydi Xalq ta`limi vazirligining Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi direktori Sh.Ergashev. – Natijada ishtirokchilar tanlovga elektron shaklda ariza berish, tanlovda qatnashayotgan saytlarni tahlil qilish, baholash va natijalarni kuzatib borish imkoniyatiga ega bo`ldi. 2014 yilda ishtirokchilardan 1155 ariza kelib tushdi. Bu 2013 yilga nisbatan 3 barobar ko`pdir.
Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabining 11-maktab.uz sayti “Eng yaxshi ta`lim muassasasi veb-sayti”, Termiz tumanidagi 4-umumta`lim maktabi o`qituvchisi Azamat Xojakovning azamat.uz sayti “Eng yaxshi o`qituvchi veb-sayti” va Buxoro shahridagi 10-umumta`lim maktabi o`quvchisi Adizbek Ergashev yaratgan buxoro-10maktab.uz sayti “Eng yaxshi o`quvchi veb-sayti” nominasiyasi bo`yicha g`olib, deb topildi.
– Saytimiz orqali darslik va o`quv qo`llanmalari, fanlarga oid slayd va taqdimotlarni yuklab olish, turli interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin, – deydi Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi direktori Gulnora Jumaniyozova. – Shu bilan birga, saytimizga yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, muassasamiz hayoti aks etgan yangiliklar, o`quvchilar ma`naviyatini boyitishga qaratilgan ma`rifiy adabiyotlar muntazam joylashtirib boriladi. Bu o`quvchilarimizni turli mafkuraviy xurujlardan ishonchli himoyalashda muhim omil bo`lmoqda. Zero, yoshlar ongu qalbini asrash kelajakni asrash demakdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1