AsosiyJamiyat

O`zbekiston shimolida havo harorati -15 darajagacha sovishi mumkin

“O`zgidromet”ning xabar berishicha, 20 yanvar, seshanba kuni O`zbekiston bo`ylab havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor va yomg`ir yog`ish ehtimoli bor.

21 yanvar, chorshanba kuni havo sovuq bo`lishiga qaramay, qor yog`ishi kutilmayapti.

Biroq 22 yanvar, payshanba kuni kechasi havo harorati -3-8 daraja sovuq bo`lib, qor yog`ishi mumkin. Bu havo harorati hafta so`ngiga qadar saqlanib turadi.

O`zbekistonning shimoliy hududlari – Qoraqalpog`iston Respublika va Xorazm viloyatida harorat -15 darajagacha sovishi mumkin.

manba: kun.uz

    Boshqa yangiliklar