1

«Oila» markazi «Ishonch telefonlari» tajribasi o`rganildi

Jamiyat 20.11.2019, 14:43
«Oila» markazi «Ishonch telefonlari» tajribasi o`rganildi

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bir qator tadqiqotlarini o`tkazmoqda. Shunday taqdiqotlardan biri “og`ir turmush sharoitida qolgan shaxslarga mo`ljallangan ijtimoiy moslashuv markazlari va “Ishonch telefonlari” tajribasini o`rganish va faoliyatini takomillashtirish” borasida olib borildi.

“Eng avvalo, bu borada xorij tajribasi ham obdon o`rganildi. Rossiya Federasiyasida, federal statistik hisoboti ma`lumotlariga ko`ra, 2016 yilda Rossiya Federasiyasi sub`ektlarida davlat oila va bolalarga ijtimoiy xizmat ko`rsatish tashkilotlari soni 2 ming 906 tani tashkil qilgan.

Milliy xayriya statistikasi markazi (NCCS) ma`lumotlariga ko`ra, Amerika Qo`shma Shtatlarida 1,5 milliondan ortiq notijorat tashkilotlar, davlat hayriya tashkilotlari, xususiy jamg`armalar va boshqa  notijorat tashkilotlar qayd etilgan. Ulardan 1,09 mln. ta tashkilot barcha qayd etilgan notijorat tashkilotlarning uchdan ikki qismini tashkil qilgan jamoat hayriya tashkilotlari sifatida tasniflangan edi. 2005-2015 yillar davrida jamoat hayriya tashkilotlari soni barcha qayd etilgan notijorat tashkilotlariga (10,4 %) qaraganda 28,4% ga ortgan.

— O`zbekistonda 1996 yildan boshlab 2018 yilga qadar, 100ga yaqin MNT hisobga olingan, ulardan 20 ta tashkilot aholiga yordam ko`rsatish va sosial qo`llab-quvvatlash markazlari hisoblanadi, — deydi loyiha rahbari Shahnoza Qurbonova. — Aholiga yordam ko`rsatish va sosial qo`llab-quvvatlash bo`yicha tashkilotlar faoliyatining asosiy turlari quyidagilar: fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish, salohiyatni o`stirish, zaif aholi guruhlarini himoya qilish. Yillik byudjet 6 mln. dan 680 mln so`mgacha tashkil qilgan. Maqsadli guruhlar quyidagilar hisoblanadi: jismoniy va aqli zaif odamlar, zaif uy bekalari/ayollar, yoshlar va o`smirlar, bolalar, qariyalar, sosial institutlar, tibbiy muassasalar, ta`lim muassasalari, migrantlar, hibsdagi odamlar, boshpanasiz odamlar. Moliyalashtirish manbalari: institusional donorlar, shaxsiy hayr-ehsonlar (jamiyatdan), kraudfanding (ixtiyoriy hayr-ehsonlar yig`imi), xususiy sektor hayr-ehsonlari, hukumat (respublika, viloyat, mahalliy), sosial tadbirkorlik, a`zolik badallari. Faoliyat turiga ko`ra xodimlar soni 1 dan 41 nafargacha tashkil qilgan. 

Yuqoridagi ko`rsatilgan muammolarni bartaraf etish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27 iyun 2018 yilda “O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident Qarori qabul qildi. Shu qarorning № 30 bandi – “og`ir turmush sharoitida qolgan shaxslarga mo`ljallangan ijtimoiy moslashuv markazlari va “Ishonch telefonlari” tajribasini o`rganish va faoliyatini takomillashtirish” bo`yicha ish olib borildi.

“Ayollar sosial adaptasiyasi markazi” 8 nafar xodimidan olingan so`rovnoma natijalariga ko`ra mazkur markaz Ayollar qo`mitasi MNT doirasida o`z faoliyatini amalga oshiradi. Tadqiqot jarayonida aniqlandiki, mazkur muassasalarda psixolog, huquqshunos, sosial xodim va ko`ngillilar ishlaydi. Yordam kecha-kunduz, anonim, bepul ko`rsatiladi. Bir oy ichida markazga murojaat qiladigan shaxslar soni o`rtacha 10-12 kishini, suisidal (o`zini o`ldirishga moyil) hulq-atvorli 2-3 kishi, zo`rlangan shaxslar 2-4 kishini tashkil qiladi. Psixolog va huquqshunos kabi mutaxassislarning etishmasligi ancha sezilarli. Ko`p sonli so`roqdan o`tkazilgan psixologlar (75%) ta`kidlashdiki, reabilitasiya metodikasi hamda ishlab chiqilgan antisuisidal profilaktik dasturlarni egallamagan. Shuningdekmarkaz tuzilmasida kecha-kunduz ishonch telefoni doirasida faoliyat mavjud emas. Barcha o`rganiluvchi xodimlar qandaydir doimiy moliyaviy manbaga ega emasligi, zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta`minlanmaganligini ta`kidlashdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1