AsosiyJamiyat

2014 yilda jami 3 million 270 ming 814 ta qoidabuzarlik sodir etilgan

O`zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasiga kelayotgan ma`lumotlarga ko`ra, bir kunda o`rtacha 2 ming kishi belgilangan tezlik talablarini  buzadi, deb yozmoqda uz24.uz.

IIV YHX Bosh boshqarmasi inspektori, kapitan Akmal Yunusovning so`zlariga tayanib, “O`zbekiston ovozi” gazetasi yozishicha, 2014 yil davomida jami 3 million 270 ming 814 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Bu esa  2013 yil bilan solishtirilganda, 2,9 foizga kamdir. Shu bilan birga, qo`pol qoidabuzarliklar ham 3,3 foizga kamaydi.

Ta`kidlash kerakki, 2011 yil 27 aprelda «O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi. Unga ko`ra, yo`l-harakati qoidabuzarliklarining aksariyati uchun yagona jarima miqdori belgilandi. Shuningdek, qoidabuzarliklar uchun jarima miqdorlari oshirildi. Haydovchilik huquqidan mahrum etish muddatlari uzaytirildi.

Belgilangan harakatlanish tezligi talablarini buzganlik uchun jarimalar miqdori esa — eng kam ish haqining bir baravaridan o`n baravarigacha (118 ming 400 so`mdan 1 million 184 ming so`m) etib belgilangan.

Foto: uzbekistonovozi.uz

    Boshqa yangiliklar