1

Qonun hujjatlari ijrosini ta`minlashning yangi tartibi joriy qilindi

Siyosat 21.11.2019, 20:04
Teglar: qonun, monitoring
Qonun hujjatlari ijrosini ta`minlashning yangi tartibi joriy qilindi

Endiklikda, joriy etilgan yangi tartib bo`yicha har bir idora o`zining faoliyatiga taalluqli bo`lgan qonun hujjatlarining ijrosini monitoring qiladi. Shuningdek, Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlarining huquqiy monitoringni o`tkazish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Bu haqda joriy yilning 21 noyabr kuni Adliya vazirligida davlatimiz rahbarining “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda belgilangan vazifalarni to`laqonli va sifatli bajarilishini ta`minlash maqsadida huquqiy monitoringni amalga oshirish bilan bog`liq tashkiliy chora-tadbirlarnibelgilash bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishda ta`kidlandi.

Mazkur qaror endilikda joriy etilgan yangi tartib bo`yicha har bir idora o`zining faoliyatiga taaluqli bo`lgan qonun hujjatlarining ijrosini monitoring qiladi. Bu esa o`z navbatida qabul qilingan qonun hujjatlarining ijrosi 100 foiz ta`minlanishiga sabab bo`ladi.

Bundan tashqari, har bir davlat tashkilotining o`z sohasi bo`yicha qabul qilingan qonun hujjatlarining ijrosi qattiq nazoratga olinadi va sarhisob qilinadi. 

Ushbu tadbirda Huquqiy monitoringning asosiy vazifalari ham ta`kidlab o`tildi. Ular esa quyidagilardan iborat:

– qonun hujjatlari ijrosining yagona amaliyotini joriy etish;

– huquqni qo`llash amaliyotining qonun hujjatlarini qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini o`rganish;

– ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning to`liqligini ta`minlash;

– qonun hujjatlarining O`zbekiston Respublikasi qonunlari va xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini ta`minlash;

– qonun hujjatlaridagi qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, korrupsiyaga oid omillar, bir-birini takrorlovchi va kollizion normalarni aniqlash va bartaraf etish;

– qonun hujjatlaridagi yagona tushuncha va atamalar tizimini yaratish. Huquqiy monitoring ob`ektiga:

1) Konstitusiya, qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari;

2) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;

3) Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiradi. Huquqiy monitoring o`tkazish jarayonlarini shartli ravishda 3 ta bosqichga bo`lish mumkin, jumladan:

1. Huquqiy monitoring o`tkazish rejasini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Huquqiy monitoringni o`tkazish.

3. Huquqiy monitoring natijalari.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida 1991–2015 yillarda 60 mingta qonun hujjatlari joylashtirilgan bo`lsa, oxirgi 3 yilda 13 mingta hujjatlar joylashtirildi. Bu esa, mustaqillik davrida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning 22 foizidir. Shuningdek, oxirgi bir yil ichida faqat tadbirkorlik sohasida 400 ga yaqin, investisiya sohasida esa 300 tadan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. 

 

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
Qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh berish tartibi joriy etilmoqda

13.11.2021, 14:28

«Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida»gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy sharhini nazarda tutadi.Konstitusiya va qonunlari normalariga rasmiy sharh Konstitusiyaviy sud tomonidan beriladi.Biroq, amaldagi qonunchilikda qonunosti hujjatlariga rasmiy sharh...
Karantin qoidalariga rioya etmaslik uchun jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan Qonun ma`qullandi

25.03.2020, 17:49

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Bosh prokuror o`rinbosari Erkin Yo`ldoshev ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda karantin talablarini buzganlik uchun belgilangan yangi chora-tadbirlar haqida bayonot berildi.Bayonotdan parcha:—...
Endi bolalar bog`chaga bir yoshdan qabul qilinadimi?

18.12.2019, 12:21

Avval xabar berganimizdek, “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.Shundan so`ng, ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekistonda bolalarni bir yoshdan bog`chaga berishga ruxsat berildi” degan xabarlar paydo...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1