1

ETTB korzinka.uz supermarketlar tarmog`iga 40 million dollargacha sarmoya kiritadigan bo`ldi

Iqtisodiyot 21.11.2019, 21:31
ETTB korzinka.uz supermarketlar tarmog`iga 40 million dollargacha sarmoya kiritadigan bo`ldi

Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB) korzinka.uz supermarketlar tarmog`i (“Anglesey Food” MChJ XK) aksiyadorlik kapitaliga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy sarmoyalar shaklida 40 million dollargacha kiritadi.

Sarmoya tarmoqning ayni paytdagi mavjud 50 ta supermarketlari sonini 2025-yilga kelib 140 tagacha etkazish, shuningdek, amaliyot samaradorligi va korporativ boshqaruv standartlarini xalqaro standartlar darajasiga ko`tarishga yo`naltiriladi.

korzinka.uz supermarketlar tarmog`i barcha zaruriy jarayonlar, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) auditi, ekologik va ijtimoiy ekspertizadan (ESDD) o`tgan. Mazkur ekspertiza ETTB va milliy qonunchilikning yuqori standartlariga ko`ra kompaniyaning atrof-muhit, sog`liqni saqlash, xavfsizlikka (EHSS) ta`siri boshqaruv tizimining talablariga muvofiqligini tasdiqladi.

Bank bilan hamkorlik nafaqat sarmoyalar, balki ETTB ta`sischilarining maxsus jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan bir qator muhim texnik kooperasiya loyihalari bilan birga yuritiladi.

korzinka.uz supermarketlar tarmogʻining kengayishi zamonaviy chakana savdo madaniyati, keng turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, hamyonbop narxlar hisobiga nafaqat poytaxtda, balki respublikamizning boshqa hududlaridagi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

 

korzinka.uz supermarketlar tarmog`i 1996-yilda ta`sis etilgan bo`lib, “Anglesey Food” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Bugungi kunda O`zbekistonning 9 ta hududidagi 50 ta korzinka.uz va korzinka.uz DISKONT supermarketlari tarmoq ichidan o`rin olgan. Tarmoqning rivojlanishi natijasida 2016-yildan buyon 33 ta yangi supermarket ochilgan.

Evropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) 1991-yilda tashkil topgan.

Bankning asosiy vazifasi ochiq bozor iqtisodiyotiga o`tish, shuningdek, xususiy va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan loyihalarga sarmoya kiritish orqali Markaziy va Sharqiy Evropada yangi davrni qurishdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1