1

Fuqarolar yig`inlari xodimlarining mehnatiga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlarning qoplanish tartibi o`zgardi

Iqtisodiyot 21.11.2019, 21:47
Fuqarolar yig`inlari xodimlarining mehnatiga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlarning qoplanish tartibi o`zgardi

 Hukumat qarori  bilan “Fuqarolar yig`inlari xodimlari mehnatiga yagona tarif setkasi bo`yicha haq to`lashning razryadlarini belgilash to`g`risida”gi qarorga o`zgartirishlar kiritildi.

Unga ko`ra, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yig`inlari xodimlari mehnatiga haq to`lashning Yagona tarif setkasi bo`yicha yangilangan razryadlari tasdiqlandi.

Fuqarolar yig`inlari xodimlarining mehnatiga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar tumanlar  va shaharlar mahalliy byudjetlari mablag`lari hisobiga qoplanadi.

Ma`lumot uchun, Prezidentning 2019 yil 2 apreldagi PF-5700-son Farmonida fuqarolar yig`inlari raislari va mas`ul kotiblari oylik ish haqi 2019 yilning 1 mayidan 1,25 baravarga va 1 oktyabridan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1