O`zgidromet jahonning etakchi ob-havo markazlari ma`lumotlariga tayanib berayotgan baholariga ko`ra dekabr o`rtacha nam va harorat bo`yicha me`yorlarga yaqin bo`ladi.
Oy davomida harorat kechasi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o`zgarib turadi.
Yanvar va fevral to`g`risida gapirishga hali erta. Faqat O`rta Osiyo qishlarining iqlimiy xususiyatlari to`g`risida gapirish mumkin.
Odatda O`zbekistonda qishlar qisqa va kam qorli. Bu erda qish faslining o`ziga xos xususiyati — haroratining keskin o`zgarib turishida. Bunda issiq havo to`lqinlari sovuq havo bilan almashib turadi. Harorat sovuq bo`lganda yoqqan qor havo ilishi bilan erib ketgani sababli, barqaror qor qoplami hosil bo`lmaydi. Deyarli har yili sovuq qishlardan tashqari harorat tushib ketadigan qisqa muddatlar kuzatiladi. Kechasi sovuq 10-13 daraja, ba`zan undan ham past bo`lishi mumkin. Harorat 15-18 darajaga ko`tariladigan davrlar ham bo`ladi. Oxirgi kuzatuvlar davomida eng sovuq davrli qish 2007-2008 yilga to`g`ri kelganini ko`rish mumkin. O`shanda sovuq dekabrning oxiridan fevralning o`rtasigacha davom etgan.