1

O`zbekistonda Ochiq ma`lumotlar portali yaratiladi

Hi-tech 22.01.2015, 09:21
O`zbekistonda Ochiq ma`lumotlar portali yaratiladi

2015 yilning 20 yanvar kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasida tegishli vazirlik va davlat idoralari vakillari ishtirokida “elektron hukumat”ni rivojlanish reytingidagi “elektron xizmatlar” subindeksi ko`rsatkichlarini takomillashtirishga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, mamlakatlarni “elektron xizmatlar” subindeksi bo`yicha reytingini shakllantirishda BMT ekspertlari tomonidan mamlakatlardagi 8 ta davlat organlarining milliy veb-saytlari, shuningdek uchta asosiy ko`rsatkich – elektron xizmatlar, AKT-infratuzilmasi va inson omilining rivojlanganligiga ko`ra baholanadi.

Xususan, O`zbekiston Respublikasining “elektron xizmatlar” subindeksi bo`yicha o`rnini belgilashda Hukumat portali, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi veb-saytlarida mavjud interaktiv xizmatlar, imkoniyatlar o`rganib boriladi.

Qayd etilganidek, mazkur davlat organlarining  veb-saytlari Koreya Respublikasining Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) ekspertlari tomonidan o`rganilgan va  tavsiyalar tayyorlangan.

Shu bilan birga, yig`ilishda  Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalini yaratish, onlayn xizmatlarni ko`paytirish, davlat organlari veb-saytlarini takomillashtirish va ularda ochiq ma`lumotlar bo`limini tashkil qilish, Hukumat portali faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ham taqdimotlar tinglandi. Xususan, Ochiq ma`lumotlar portalini muvaffaqiyatli ishga tushirgan Koreya Respublikasi, Hindiston, Singapur, AQSh, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar tajribasi haqida to`xtalib o`tildi.

Mutaxassislarga Ochiq ma`lumotlar portali faoliyati uchun tegishli vazirlik va davlat idoralarining ochiq ma`lumotlar ro`yxatini shakllantirish va taqdim qilish vazifasi yuklatildi. Bu haqda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo`mitasining axborot xizmati xabar qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1