1

Samarqandda «Odnoklassniki»da bir qiz nomidan behayo profil ochgan yigit jazoga tortildi

Jamiyat 22.01.2015, 14:47
Samarqandda «Odnoklassniki»da bir qiz nomidan behayo profil ochgan yigit jazoga tortildi

Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi yigit «Odnoklassniki.ru» ijtimioy tarmog`i imkoniyatlaridan shaxsiy manfaatlari yo`lida foydalanmoqchi bo`ldi, deya xabar bermoqda «Kun.uz» «Huquq» gazetasiga tayanib.

Xabar berishlaricha, yigit bir qizga tarmoq orqali «do`stlik taklifi»ni yuborgan, ular ma`lum muddat muloqot qilgan, bu orada qizning ishonchiga kirgan yigit qizning suratlarini o`z kompyuteriga yuklab olgan.

So`ng «Odnoklassniki»da o`sha qiz nomidan yangi profil ochib, uning suratlarini yuklab, suratlar yoniga «inson sha`ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi so`zlar»ni yozib qo`ygan.

Bundan xabar topgan qiz yigitga yalinib, bu profilni o`chirishni so`ragan, yigit esa bunga javoban har kuni telefon raqamiga pul tashlab turishni talab qilgan.

Shundan so`ng qizning onasi yigitga telefon qilib, profilni o`chirishni so`ragan, yigit esa bu safar qizning onasidan tuman markazida Paynet shoxobchasi ochib berishni talab qilgan, yo`qsa ayolning qizi sharmanda bo`lishi bilan tahdid qilgan.

«O`z sha`ni va qadrining oyoq osti bo`layotganidan jahli chiqqan qiz huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo`ldi. Sud yigitni aybiga yarasha jazoladi», – deyiladi gazeta xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1