AsosiyIqtisodiyot

Inflyasiya darajasi 2021 yilda 10 foizgacha pasaytiriladi

'Inflyasiya darajasi 2021 yilda 10 foizgacha pasaytiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o`rnatish yo`li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o`tkazish choralarini ko`radi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda 40 ortiq rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi pul-kredit siyosatida eng samarali yo`llaridan biri - inflyasion targetlash usuli ekanini ko`rsatmoqda. Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Armaniston, Ukraina shular sirasidandir. Ularning soni yildan yilga ko`paymoqda.

Ayni vaqtda bu rejimning afzalligi, yutuqlari nimada iborat va nega biz bu yo`nalishga o`tishimiz sabablariga O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi hamkorlikda o`tkazgan matbuot anjumanida izoh berildi.

– Inflyasion targetlash bu hozirgi pul kredit siyosatining zamonaviy rejimi, – deydi o`z ma`ruzasida Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov. – Bu nafaqat pul-kredit siyosati balki, butun makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish, inflyasiyani past darajada ushlab turish maqsadida amalga oshiriladi.

Xalqaro tajribada uning uchta asosiy shakli mavjud. Valyuta kursini targetlash, monetar va inflyasion targetlash bo`ladi. Xo`p, ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?. Valyuta kursi oldindan e`lon qilinadi. Bu oxir oqibatda davlatning valyuta zaxirasini kamayib ketishga yoki iqtisodiy o`sishda ma`lum bir holatlarni yuzga keltiradi. Bu Qozog`istonda 2015, Rossiyada 2014 yilgacha qo`llanildi. Iqtisodiy vaziyatni yomonlashuvi valyuta kursini targetlash rejimi zamon talabiga javob bermasligini ko`rsatdi.

Monetar usulda pul massasining miqdori belgilanadi. Buni hammamiz bilamiz, boshimizdan o`tgan. 2016 yilgacha bo`lgan naqd pul olishdagi muammolar, yoki pul massasini o`sishi chegaralab qo`yilgani uchun aholi kredit ololmay sarson bo`lardi. Chunki, bu masalalarda maqsadli ko`rsatkichlar mavjud edi va undan chiqib bo`lmasdi.

Bu nimaga olib keldi? Xalqning haqli e`tiroziga, bozor iqtisodiyotiga o`tishni ortga surilishiga sabab bo`ldi.

Shu tariqa o`z mulohazalarini davom ettirgan Markaziy bank rais inflyasion targetlashni tanlagan davlatlar 2007-2009 yillardagi global moliyaviy inqirozdan iqtisodiyotida o`sish bir oz pasaygan bo`lsa-da, katta talafotlarsiz chiqqanini qayd etdi. 

 

    Boshqa yangiliklar