1

Aziz Abduhakimov: “Yuksak darajadagi e`tibor va mehmondo`stlikni kafolatlaymiz!”

Jamiyat 27.11.2019, 16:31
Aziz Abduhakimov: “Yuksak darajadagi e`tibor va mehmondo`stlikni kafolatlaymiz!”

Bugun O`zbekiston har jihatdan jahonga yuz ochmoqda. Jahon ham o`z navbatida O`zbekistonni yangidan kashf etayotir. Yaqinda Rossiyaning mashhur ommaviy axborot vositalaridan biri – “Rossiyskaya gazeta” nashri muxbiri O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`ribonsari Aziz Abduhakimov bilan suhbatlashdi. 

“...Suhbatimiz Samarqanddagi qadimiy madrasa devorlari yonida, 23 mamlakat vakillari ishtirok etayotgan xalqaro yarim-marafon paytida bo`lib o`tdi. Bosh vazir o`rinboosari vaqti-vaqti bilan uzr so`rab, sahnaga chiqar, navbatdagi g`oliblarni taqdirlardi. Ilk savol ham marafon haqida bo`ldi:

– Bu bir martalik aksiyami yo tez-tez o`tkazib  turiladimi? 

Har kuni desa ham bo`ladi. Biz O`zbekistonni festivallar mamlakati deb e`lon qildik. Shu bois, yurtimizning u yoki bu shahrida har doim qandaydir tadbir o`tkaziladi: xalqaro turnirlar, folklor bayramlari, hunarmandlar ko`rgazmasi, konferensiyalar, tanlovlar...

Dunyoga ochiqlik haqilagi gaplar ham shunchaki rasmiyatchilik uchun emas. Ilgari faqatgina 9 davlat fuqarolari O`zbekistonga vizasiz kelish imkoniga edi, bugungi kunda bunday davlatlar soni 86 taga etdi. Hisob-kitoblarga ko`ra, 2023 yilga borib, O`zbekistonga 10 milliondan ortiq mehmon kelishi mumkin. 

Qonunchiligimizda ham inqilobiy o`zgarishlar yuz berdi. Masalan, chet el fuqarolarining O`zbekistonda bo`lishi bilan bog`liq cheklovlar olib tashlandi. Ilgari ular o`z yaqinlari, qarindoshlarining uylarida qolishlari mumkin emasdi. Ro`yxatga olish tizimining o`zi noqulay edi. Endilikda siz ro`yxatdan o`tmoqchi bo`lsangiz, buning uchun internetda bir necha daqiqa sarflash kifoya qiladi. 

- Men O`zbekistonga avval ham ko`p kelganman. Mehmondo`stlik o`z yo`lida, ammo, xizmat ko`rsatish tizimida juda ko`p muammolar bor edi...

- Haqsiz. Bu tizimda ham katta o`zgarishlar yuz beryapti. Ilgari restoranlar tungi soat 11 gacha ishlagan bo`lsa, endi to so`nggi mijoz chiqib ketguncha yopilmaydi. Mehmonxonalarda ham muayyan cheklovlar bor edi. Mashinani ijaraga olish deyarli imkonsiz edi. Hozir bularning barchasi uchun xuddi Evropa yoki Rossiyadagidek yo`l ochiq. 

Bugun mehmondorchilik infratuzilmasini sifatli internetsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bugun istalgan mehmonxona, kafe yoki restoranlarda internetdan foydalanishdan biror cheklovni ko`rmaysiz. MDH davlatlarida birinchi bo`lib yana bir yangilikka qo`l urdik. Endilikda uch yoki to`rt yulduzli mehmonxona qurmoqchi bo`lgan sarmoyadorlarga qo`yilgan sarmoyaning 15-25 % mablag`i davlat tomonidan qaytarib beriladi. Bu dastur ishga tushganida, yurtimizdagi barcha mehmonxonadagi nomerlar soni 28 mingtani tashril qilgan bo`lsa, bugungi kunda 44 mingtaga etdi. Biz yana 600 ta yangi mehmonxona quryapmiz. 

Bizga turistlarni olib keladigan charter reyslarni tashkil qiluvchi xorijiy aviakompaniyalar uchun ham kompensasiya tizimini tashkil qilyapmiz. Biz har bir yo`lovchi uchun ularga 20 dollardan qaytaramiz. 15 noyabrdan 15 fevralgacha bo`lgan sust mavsumda har bir mehmon uchun 50 dollardan mablag` qaytarib beriladi. 

Buxoro, Qarshi, Termiz, Nukus aeroportlariga xorijiy aviakompaniyalar uchun birlamchi shartlarsiz, erkin parvozlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Ochiq osmon” dasturi amalga oshirilmoqda. 

– Bular-ku yaxshi, lekin shuncha turistga sifatli xizmat ko`rsatish uchun odamlarni qaerdan olasizlar? 

Birinchidan, biz franshiza tizimi asosida jahon andozalari darajasida xizmat ko`rsatuvchi mehmonxonalarni taklif qilyapmiz. Masalan, bizga "Hilton", "Radisson", "Hyatt" singari dunyoviy brendlar kirib keldi. Bundan tashqari har bir viloyatda turizm sohasiga kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari ishlab turibdi. Samarqandda “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti ochildi. Ko`pgina otellarimizda xorijdan mutaxassislar taklif qilingan. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida turizm yuqori darajada taraqqiy etgan Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Fransiya singari mamlakatlardan maslahatchilar ishlab turibdi. 

– Tog`-chang`i kurorti haqida ham savol bermoqchi edim. Nahotki, Toshkentdan bir soatlik masofada chang`ida uchib rohatlanish mumkin bo`lsa? 

- Siz dekabr oyida keling: Chimyon tog`larida jahon andozalaridagi Tog`-chang`i markazi ochiladi. Biz bu ishga tizimli ravishda kirishganmiz. Dastlab davlat miqyosida muayyan tumanning tabiat bilan uyg`unligi, ekololik talablarga javob bera olishi, me`moriy echim darajasi yuqoriligi inobatga olingan holda, loyihalash ishlari amalga oshiriladi. Keyin esa, ishni xususiy sektordagi pudratchilarga topshiramiz.

– Sizdagi “Amirsoy”ni ulug`vor Alp kurortlari bilan solishtirish mumkin bo`larmikin?

- :Bizning tog`larda qor noyabrning o`rtalaridan to aprelning o`rtalarigacha turadi. Biz Kurshevel tajribasidan kelib chiqib, hatto mavsumning qoq pallasida ham tepaga ko`tarilayotgan sayyohlar uchun tirbandlikni kamaytirish tizimini yaratdik. Bizda endi bunday kurortlar tarmog`i muntazam ishlaydi. 

–Biz hozir siz bilan qadimiy Samarqandning qoq markazida suhbatlashib turibmiz. Bundan tashqari Buxoro, Xiva, Shahrisabz singari shaharlaringiz bor. Yana qanday maskanlar xorijliklarni jalb qilishi mumkin? 

-  Bugun Termiz ham sayyohlarning diqqat-e`tiborini o`ziga jalb qilayotir. Ko`plab buddaviylik artefaktlari, Iskandar Maqduniy davrida qurilgan shahar-bandargoh, Kushon, Yunon-Baqtriya davlatlari yodgorliklari, tog`lar, g`orlar, vodiylar, sharsharalar ham tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi. Shifobaxsh buloqlar suvi turli kasalliklarga davo bo`ladi. 

Biz har bir sayyoh bu erda o`zi istaganidek hordiq chiqarishi, zavq olishi uchun bir qator sayyohlik hizmatlarini taklif etyapmiz: Tog`-chang`i kurortlari, ziyorat turizmi, etnoturizm, ekoturizm, gastronomiya, agroturizm…

–Agroturizm? Shunaqasi ham bormi? Birinchi marta eshitib turishim...

–Bu jahon sayyohlik industriyasining o`ziga xos yo`nalishi. Bu yo`nalish rivojlangan mamlakatlarning urbanizasiyalashgan aholisini tabiatga yaqinlashtirish uchun mo`ljallangan. Masalan, Xitoyda ayrim o`quvchilar hatto pomidorlar ham fabrikada tayyorlanadi, deb o`ylasharkan. Dalaga chiqib, ekin ekish yoki hosilni yig`ib-terish olish jarayoni bilan qiziquvchilar ham ko`pchilikni tashkil etadi. 

Yoki, etnoturizmni olaylik. Bizda shunday mahallalar yoki qishloqlar borki, mehmonlar bu erda mahalliy aholi xonadonlarida yotib qolishlari ham mumkin. To`g`ri, mavjud qoidalarga ko`ra bu xonadonlar qat`iy gigiena talablariga javob berishi lozim. Shuning uchun ana shunday xizmat ko`rsatmoqchi bo`lgan fuqarolarimizga davlat tomonidan uylarni jihozlash, maiishiy texnika sotib olish uchun kreditlar ajratilmoqda. 

Endi biz bemalol turizmdan keladigan foydani paxta eksportidan tushadigan mablag` bilan solishtirish mumkin. Biz turizmdan keladigan daromadlar darajasini ilk bor milliard dollardan oshirdik. Maqsadimiz bu ko`rsatkichni – ikki yarim milliard dollarga etkazish. 

–Sizning nisbatan notinch davlatlardan biri – Afg`oniston bilan chegaradoshligingiz turizm rivoji uchun qanday ta`sir qilishi mumkin? 

Amudaryo ortida barqaror iqtisodiyot va zamonaviy ijtimoiy tizimga ega, osoyishta davlat bo`lishini istaymiz va imkon darasida bunga erishishga intilamiz. Masalan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Termizda afg`on yoshlarini o`qitadigan zamonaviy markaz tashkil qilindi. Yoshlar bu erda o`qituvchilik, shifokorlik, qishloq xo`jaligi va axborot texnologiyalari singari sohalarda ta`lim olishadi. Bu loyiha bir qator donor mamlakatlarni ham qiziqtirib qo`ydi va ular bunga murakkab vaziyatdan chiqish yo`li sifatida qaramoqdalar. 

Chegara hududda ikki davlat fuqarolari o`z mahsulotlarini bemalol sotishlari mumkin bo`lgan savdo hududini tashkil qildik. Bu erda avtomashinadan tortib mixgacha sotish yoki sotib olish mumkin. Shuningdek, chegarada biz afg`onlar soddalashtirilgan viza tizimi vositatasida kelib, tibbiy tekshiruvdan o`tishlari yoki davolanishlari mumkin bo`lgan tibbiyot markazini ochdik. 

Yaqinda “Valday” xalqaro bahs klubi o`zining 10-konferensiyasini Samarqandda o`tkazdi. Ko`pgina mamlakatlardan O`zbekistonga nufuzli ekspertlar to`plandi – bu esa, tanlagan yo`limiz to`g`riligini yana bir karra isbotladi. 

Men “Rossiyskaya gazeta” o`quvchilarining barchasini O`zbekistonga taklif etaman. Biz yuksak darajadagi e`tibor va mehmondorchilikni kafolatlaymiz”. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1