1

Yo`lovchi transportlarida konduktor xizmatidan voz kechiladi

Jamiyat 27.11.2019, 18:00
Yo`lovchi transportlarida konduktor xizmatidan voz kechiladi

 Transport vazirligi taklif qilayotgan 2020 yil 1 yanvardan yo`lovchi tashish uchun yo`l haqi to`lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizim qanday ishlaydi. Bu haqda odamlarni qiziqtirayotgan savollarga mutaxassis javob berdi. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.  

– Hozirda chiqarilayotgan oylik yo`l chiptalar aslida 133 marta foydalanishga mo`ljallangan, – deydi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o`rganish markazi direktori Murodjon Abidov. – Bizda nazorat yo`qligi bois, qancha transportga chiqilsa ham oy davomida qo`llaniladi. Kelgusi yildan boshlab tizimda yangilik bo`lishi kutilmoqda va bundan yo`lovchilarga foyda bo`lsa, bo`ladi, zarar bo`lmaydi. Ya`ni bu tizimda bir marta 1400 so`m to`lab, bir nechta transport turidan avtobus+metroda yurish mumkin. Bunda har xil misol uchun talabalarga, tunda ishlovchilarga yoki qisqa masofada yuruvchilarga mos tariflar yaratiladi.

Demak, yanvardan boshlab, mobil kompaniyalarida bo`lgani kabi transport tizimida ham vaqt hamda masofadan kelib chiqqan holda belgilanadigan qulay tarif rejalari joriy etiladi. Misol uchun, Sergeli-Yunusobod yo`nalishida avtobusga chiqqan yo`lovchi sanoqli bekat yursa 600 so`m, oxiriga qadar borsa 1400 so`m to`laydi. Har bir mijoz o`ziga qulay tarifni tanlashi va foydalanishi mumkin. Buning uchun yo`l kartalari xarid qilish kerak bo`ladi.

Buning uchun konduktorga kerakli uskunalar, avtobuslarning har bir eshigiga esa navigator qo`yiladi. Navigatorlarning ishlash tezligi bir daqiqadan ham qisqa bo`lib, yo`lovchi uchun noqulaylik keltirmaydi. Bu tizim bosqichli bo`lib, dastlab nazoratchi sifatida ishlagan konduktor xizmatidan oxirida voz kechiladi.

Bu tizim yo`lovchilarga ham, haydovchiga ham qulay bo`lib, tashuvchi korxonalarning daromadi oshishi, yo`l haqi to`lovlari yig`imi ham 15-25 foizga ko`payishi aytilmoqda.

Zamonaviy texnologiyalar ko`magida yo`lovchilarning oqimini o`rganish uchun imkoniyat tug`iladi. Qaysi yo`nalish kam rentabelli, qaysi bekatda yo`lovchi ko`p. Shu tariqa yo`nalishlarni tezlik bilan o`zgartirish mumkin bo`ladi.

Yana bir gap. Toshkentda avtobus va metroni bog`lash imkoniyati hisobga olinib, bekatlar uzviy bog`lanadi. Istiqbolda metro bilan ustma-ust tushadigan boshqa transportlar optimallashtiriladi. Bu yo`lovchi uchun qulay bo`lib, bitta to`lov bilan manziliga tezroq etib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1