1

O`zbekistonda 304 ta veb-sayt internet OAV sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan

Hi-tech 23.01.2015, 15:22
O`zbekistonda 304 ta veb-sayt internet OAV sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi O`zbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi, erkinligi kafolatlari to`g`risida tahliliy ma`lumotni taqdim etdi.

Undagi ba`zi ma`lumotlarni quyida keltirib o`tamiz.

Mamlakatdagi ommaviy axborot vositalarining soni bugungi kunda 1392 tani (2015 yil 1 yanvar holatiga) tashkil etadi. Bular 689 ta gazeta, 283 ta jurnal hamda 100 ta TV va radiolardir.

Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro`yxatdan o`tkazilmoqda. 2015 yil 1 yanvar holatiga ko`ra 304 ta veb-sayt ro`yxatdan o`tkazildi. Tele- va radio kanallar hamda veb-saytlarning 79 foizi nodavlat ommaviy axborot vositasidir.

Hozirda mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 58,7 foizini tashkil etadi.

Agar 1990 yilda Respublikada 9 ta nashriyot faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, bugun ularning umumiy soni 108 taga (2015 yil 1 yanvar holatiga) etgan.

Yaratilayotgan keng imkoniyat sababli, so`nggi yillarga kelib matbaa korxonalarining soni ham ortib bordi. 1990 yilda Respublikada 149 ta bosmaxona faoliyat ko`rsatgan, bugun ularning soni 1819 tani (2015 yil 1 yanvar holatiga) tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1